Oltinchi sir

ERKINLIK BERISH TAMOYILI QUVVATI
Ikki kun o'tgach, yigitcha shahar markazidagi kichik qahvaxonada ro'yxatidagi oltinchi odam Judiy Renshou 
bilan o'tirardi.
Renshou xonim o'ttizlardan xiyol o'tgan yosh juvon edi. U turmushga chiqqan va ikki farzandi bor edi. U ancha basavlat, qomatlari ko'rkam ayol bo'lib, uni benihoya go'zal deb bo'lmasada, yirik qo'y ko'zli, kichkina bejirim burni va kishini lol qiluvchi tabassumli chehrasi yoqimtoygina edi.
 Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida ilk bor o'n bir yil muqaddam eshitgandim,  dedi u yigitchaga.  Menda qiyinchiliklar mavjud edi; yarim yildan ziyod muddat davomida uchrashib yurgan sevgilim bilan endigina ayrilishgandik. U men bilan uchrashishni bas qilish zarurdek tuyulayotganini aytgan chog'ida, butkul tushkunlikda qolgandim. Ovqat ham yeyolmay, uxlolmay, ishda ham diqqatimni yig'olmay qolgandim, shunchalar ozib-to'zib ketganimdan ayrim tanishlar meni hatto tanimay qo'yishdi ham. Oradan hatto bir oy o'tsa ham, bizning munosabatlarimiz tugaganiga hech ko'nikolmasdim.
  Keyin bir kuni cherkov qarshisidagi maydondagi o'rindiqda o'tirgan chog'imda keksa xitoylik yaqnlashdi va yonimga kelib o'tirdi. U kissasidan qog'oz o'rami chiqarib, kaptarlarga yemish bera boshladi.
Kaptarlar uni qurshab olishdi va u tashlayotgan non ushoqlarini cho'qishardi. Tez orada ularning soni bir necha yuzga yetdi. U menga o'girildida salomlashdi.
 Siz kaptarlarni yaxshi ko'rasizmi?  deb so'radi u.
Men yelkamni qisdim.
  Unchalik emas,  javob berdim men.  Lekin ko'rib turibmanki, siz ularni yaxshi ko'rar ekansiz.                                                                  U jilmaydi.
  Men kichkinaligimda,  dedi u,  qishiog'imda kaptarlarni boquvchi kishi bo'lardi. U qushlari bilan g'oyat faxrlanardi va do'stlariga ularni naqadar sevishini aytardi. Lekin kunlardan birida u men va boshqa bolalarga o'z kaptarlarini ko'rsatayotgan chog'ida agar u qushlarini shu qadar yaxshi ko'rsa, nima uchun ularni qafasda saqlashini, o'zidan so'raganimda, u: Agar ular qafasda bo'lmaganlarida, mendan uchib ketardilar, deya javob berdi.
Lekin baribir buni tushunolmasdim. Qanday qilib kimnidir yaxshi ko'rish va uning erkiga qarshi qafasda saqlash mumkin? Mening Vatanimda shunday maqol bor: Agar kimnidir yaxshi ko'rsangiz, uni erkinlikka chiqaring. Basharti u sizning yoningizga qaytsa, u sizniki; aks holda, u hech qachon sizniki bo'lmagan.                                       Yigitcha ruchkasini va yondaftarchasini olib yoza boshladi, Renshou xonim esa davom etardi.
Cholning hikoyasida men uchun o'zgacha ma'no kasb etgan qandaydir juda g'alati his bor edi. Nimagaligini bilmaymanu, aslida u boshimdan kechirayotgan savdolardan mutlaqo bexabar edi. Lekin uning hikoyasi meni hayajonga soldi, chunki u mendagi vaziyatga g'oyat yaqin edi. Sevgan kishimni yonimga qaytishi uchun majburlashga urinardim. U go'yo men bilan qolsagina hammasi yaxshi bo'ladi, deb hisoblardim. Hozir shuni o'ylab qarasam, shunchaki yolg'iz qolishni istamagan ekanman. Axir bu sevgi emas-ku, shundaymi? Bu shunchaki yolg'izlikdan qo'rquv hissi.
Chol orqasini o'girgancha kaptarlani boqishda davom etardi. Bir necha daqiqadan so'ng uning gaplarini o'ylab ko'rgach, suyganingni ozodlikka qo'yib yuborish oson emasligini aytdim. U bosh irg'adi.
- Lekin,  dedi u,  agar uni ozodlikka chiqarolmasangiz, siz uni sevmaysiz.
Biz shu haqda biroz so'zlashib o'tirdik va ayni shu chog'da u Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida gapirdi. Bu menga haddan ziyod g'alati eshitilardi, chunki doimo hayotda muhabbat yo bo'lishi yo bo'lmaslikka mahkum, deb hisoblardim.
Bizda muhabbat va sevgi munosabatlarining bo'lishiga bu qandaydir ta'sir ko'rsatishi mumkinligiga ishonolmasdim.
Biz umrimiz kitobi sahifalarini o'zimiz yozishimizni faqat keyinroq angladim. Taqdirni yulduzlar emas, fikrlarimiz, qarorlarimiz va harakatlarimiz boshqararkan.
  Masalan, men doimo sevgi bilan to'la munosabatlar topgan chog'imda muhabbat quvonchlarini his qilaman, deb xayol qilardim. Lekin barchasi ostin-ustin bo'lib ketdi: aynan muhabbat quvonchini boshimizdan kechirayotgan chog'imizdagina haqiqiy sevgi munosabatlarini yaratar
ekanmiz.
Chol ketishidan avval qolimga bir qog'oz berib...  davom etdi Renshou xonim.
- Unda o'nta ism va telefon raqamlari yozilgan ro'yxat bormidi?  so'zini bo'ldi yigitcha.
Renshou xonim kulimsiradi.
  Albatta. Men ularning har biri bilan navbatma-navbat uchrashdim va sekin-asta Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida ko'proq bilib oldim. Qanchalar ajablanarli bo'lmasin, ular menga rostdan ham yordam berdi.
  Nimada yordam berdi?
 Ehtimol, o'zim nimanidir o'zgartira olishimni, men qurbon emas, taqdirimning bekasi ekanimni anglashimning o'zi favqulodda yordam bergan bo'lsa kerak.
 Barcha sirlar u yoki bu tarzda yordam bergan bo'lsada, o'sha damdagi hayotimda, ayniqsa eng ko'p ko'maklashgani... erkinlik berish tamoyili quvvati bo'ldi.
Yaxshi ko'rishga majburlash mum kin emas. Biz suygan insonlarni erkinlikka chiqarishimiz kerak, aks holda o'sha kaptarvozdan tuzuk bo'lmaymiz. Basharti kimnidir yaxshi ko'rsangiz, uning ozod bo'lishiga yo'l qo'yish kerak. Erkin tarzda shaxsiy qarorlarni ahd etish, biz istagancha emas, o'zi tilaganicha erkin yashashiga imkon berish kerak.
Suygan kishingni erkinlikka chiqarish har doim ham osonmas, lekin o'zga yo'l yo'q. Agar bunday qilmasang, jahldor, zolim va tushkun ahvolda qolasan. Munosabatlar tugagan chog'dagina ozodlikka chiqarish haqida gapirmayapman, hali o'zaro munosabatlar mavjudligida erkinlikka chiqarish darkor.
  Nima demoqchisiz?  so'radi yigitcha. - Agar o'zaro munosabatlar bor bo'lsa, boshqa odamni ozodlikka chiqarishning nima hojati bor?
- Chunki har birimiz uchun kenglik kerak, insonlar o'zaro munosabatlarda erkin bo'lishlari lozim, chunki aks holda ular o'zlarini tuzoqqa tushganday his etadilar. Agar kimnidir haqiqatda yaxshi ko'rsang, uning istaklari va ehtiyojlarini hurmat qilish kerak.
Biz kimgadir mahkam osilib olsak, uni hissiy jihatdan bo'g'ib qo'yishimiz mumkin, bu odatda muhabbat tufayli emas, rashk, o'ziga ishonchsizlik va qo'rquv tufayli sodir bo'ladi.
  Shu bois ozodlikka chiqarmoq so'zi orqali insonga erkinlik berishni nazarda tutar ekansizdar  dedi yigitcha.
  Ha. Garchi bu hali hammasi emas. Nafaqat jismoniy bog'langanlikdan, balki muhabbatga halaqit beruvchi barcha narsalardan xalos bo'lish lozim.
  Masalan?  so'radi yigitcha.
  Masalan, insonlar haqida o'z xato fikrlar va xulosalardan xalos bo'lish zarur.
  Tushunmayapman,  dedi yigitcha yondaftaridan ko'zini uzib.
  Axir basharti birovga yoki shunday kishilar qatlamiga nisbatan avvaldan xato fikrlaringiz bor bo'lsa, bu ularga nisbatan xulqingizga beta'sir qolmasligi aniq. O'zimizning avbaldan chiqargan xato fikrlarimizni saqlashda davom etsak, o'zga insonga nisbatan muhabbat bilan munosabatda bo'la olamizmi? Avvaldan noto'g'ri fikrda bo'lmoq uni hali bilmasdan turib unga hukm chiqarishni bildiradi. Har qanday holatda ham ko'pchilik avvaldan noto'g'ri fikrlarga ega bo'lmoq xatodir, bu qandaydir kishilar qatlami haqida kulgili umumlashmalardir. Insonlarda qanchalik soxta fikrlar bo'lishiga shunchalar aql bovar qilmaydi.
- Masalan?
- Masalan, barcha qora tanlilar jinoyatchilar,
 yoki <<barcha irlandiyaliklar tentakdir>>, yoki hamma ayollar yomon haydovchilar, yoki hamma
yahudiylar qizg'anchiq"  kabi. Bularning barchasi
safsata! Bu o'zgalarga muhabbat bilan munosabatda
bo'lishga halaqit beradi.
 Yana o'zbilarmonlikdan xalos bo'lish darkor. O'zbilarmonlik Haqiqiy Muhabbat uchun eng katta to'siqlardan biriligini kam odamlar anglaydi.
  Bu aynan nimada ko'rinadi?
  Qancha tanishlaringiz hech arzimas narsalar ustida qizg'in bahslashadilar? Hatto turlicha fikrlarga sabab bo'lgan narsa butkul ahamiyatsiz bo'lsada, ular nima haqda bahslashayotganlarini unutsalar ham, baribir oxirgi nuqtasigacha bahsni davom ettiraveradilar! Ular hatto munosabatlarini buzish darajasigacha borishsada, o'z haqligini isbotlashni
afzal ko'radilar.
 Lekin gohida kishini ochiqchasiga to'g'rilash kerak bo'ladi-ku, to'g'rimi?  dedi yigitcha.
 Agar u qaysidir jihatdan haq bo'lmasa, unga bu xususda aytish kerak.
 Men o'z fikrini hech qachon aytmaslik kerak, demoqchimasman,  javob berdi Renshou xonim,  ayniqsa, bu sen uchun muhim bo'lgan narsa xususida bo'lsa, ammo kim haq ekanining o'ziga xos ahamiyati bo'lmagan taqdirda behuda bahs uchun vaqting va kuchingni sarflashning nima hojati bor? O'zga insonning imoni komilligini haqiqatda qandaydir ahamiyati borligini o'zidan so'rash kerak. O'z nuqtai nazarini isbotlab, munosabatlarga putur yetkazish shartmikan? Basharti bu savollarga yo'q degan javob bo'lsa, bahslashishga behuda kuch sarflash nimaga kerak?
Yigitcha bu gapda mantiq borligini payqadi. U do'stlari va tanishlari bilan bo'lar-bo'lmaslar yuzasidan qancha bor bahslashganini eslarkan, yuzlari burishib ketdi.
   Elda bir gap bor,  so'zini davom etdi Renshou xonim,  ba'zan hayotda seni yaxshi ko'rishlari bilan haq bo'lib chiqishing orasidan birini tanlash zarur bo'ladi. O'z kuchingni bahsda g'olib chiqish yoki muhabbatni qozonishga yo'naltirish mumkin. Modomiki muhabbatni tanlasang, o'zga birov nohaqligini, sen esa mayda narsalar xususida haqligingni isbot qilishning hojati yo'q. Bundan xalos bo'lish mumkin.
Esingizda tuting, muhabbatning mayjud bo'lishi uchun sevgiga halaqit beruvchi hamma narsalardan xalos bo'lmoq kerak. Bizning manmansirashimiz to'siqlardan biridir, xolos. G'azab, ranju alam va shafqatsizlikdan xalos bo'lish muhimroq deb o'ylayman.
 Lekin g'azab va alamdan qanday xalos bo'lish mumkin?  so'radi yigitcha.
  Javob birgina kechirish so'zida mujassam. Basharti Haqiqiy Muhabbatni istasang, kechira bilish zarur.
  Lekin hisobni tenglashtirib, o'ch olgan yaxshiroqmasmi? Ko'zga ko'z, tishga tish.
  Mabodo hammamiz shunday falsafaga amal qilganimizda butun olam ko'r hamda tishsiz insonlar bilan to'lib ketardi. Alamzadalik qalbni yemiradi, kechirimlilik esa muhabbatga joy ochadi.
Yer yuzida hech kimsa o'zini mukammal
deb aytolmaydi, ammo
kechirishni o'rganibgina
mukammal munosabatlarni tiklash mumkin. Har
birimiz xatoga yo'l qo'yishimiz mumkin, agar boshqalar seni kechirishini istasang, ularni ham avf etishqa tayyor turishing darkor. Hatto eng uchiga chiqqan jinoyatchi ham hayotini beayb go'daklikdan boshlagan. Agar u shunga o'xshash tarbiya olganida, tuzukroq odam bo'lardi, deb qaysi birimiz
aytaolamiz?
Albatta, erkinlik betish  o'nta sirlardan faqat biridir, ularning barchasi birdek muhim, lekin xalos bo'lish quvvati eng zarur chog'da boshqalarga mehrli munosabatda bo'lishga ko'maklashadi.
 Lekin odamlar o'z g'azabini bosish va qo'rquvini yengishga harakat qilishi kerak, deb da'vo qilmaysiz-ku?
  Albatta, yo'q,  dedi Renshou xonim.  G'azab, qo'rquv, ranj  bularning barchasi insonning tabiiy hissiyotlari va ularning hayotda o'z o'rni bor. Men faqat agar mehrni his etmoqchi bo'lsang, salbiy hissiyotlardan xalos bo'lmoqqa hozir bo'lish zarurligi haqida aytmoqchiman. Ularni tutib turgan chog'imizda o'zimizga suyishga xalaqit beruvchi emotsionallik yaratgandek bo'lamiz.
Xalos bo'lish quvvati uzoq o'tmish davrida uzilgan munosabatlarning hissiy og'riqlarini nafaqat yengib o'tishga yordam berdi, balki keyinchalik juda ko'p og'ir vaziyatlarda menga ko'maklashdi. Otam kasalxonada vafot etgan kunni eslayman. U saraton kasalligining eng yuqori darajasi bilan xastalangan, og'riqdan azoblanardi. Umrimda bu eng qayg'uli kunim edi va otamning vafot etmasligini juda xohlardim, lekin shu bilan birga, uning azob chekishini ham istamasdim. Gohida mehr ozodlikka chiqarish ma'nosini bildirishini yuragimdan bilardim.
Shu kuni uchrashuvdan keyin oqshomda yigitcha o'tirib, barcha yozuvlarini o'qib chiqdi. Xotiralari qalqib chiqaverdi; olti yoshligida ota-onasining ajrashib ketishlari va so'nggi bir necha yillar mobaynida qizlar bilan omadsiz munosabatlar Keksa xitoylik bilan uchrashganidan so'ng u nafaqat o'zini birov bilan o'zaro munosabatlarqa bog'lashdan qo'rqishi, balki yolg'izlikdan ham shunchalik cho'chishini angladi. U o'tmish og'riqlarini saqlab, umrini shunday davom ettirib yasholmasdi. Og'riq va qo'rquvdan xalos bo'lish hamda har bir kunni toza varaq kabi yangitdan boshlash fursati yetgandi. Lekin qanday qilib? U doktor Pachia bilan uchrashgan chog'ida yozganlarini yana bir ko'rib chiqdi va o'tmishda orttirgan negativ ong ortidagi qarashlarini yengib o'tib, yangi affirmatsiyalar va pozitiv qarashlarga o'zgartirish yo'lini topdi.
Shunda xuddi mo'jiza kabi kallasiga to'satdan quyidagi affirraatsiya keldi: Bugun barcha qo'rquvlarimdan xalos bo'laman, o'tmish menga hukmronlik qilolmaydi, bugun yangi hayot boshlayman.
U yangi affirmatsiyani Renshou xonim bilan uchrashuv chog'ida yozgan yozuvlari nihoyasiga qo'shib qo'ydi, keyin ularni yana bir takror o'qib chiqdi:

   Haqiqiy Muhabbataing oltinchi siri -xalos bo'lish tamoyili quvvatidir.

* Agar kimnidir yaxshi ko'rsangiz, uni erkinlikka qo'yib yuboring. Basharti u sizga qaytib kelsa, u sizniki, mabodo kelmasa, u hech qachon sizniki
bo'lgan emas.
* Hatto haqiqiy muhabbat munosabatlarida ham
insonlarga shaxsiy kenglik kerak.
* Agar yaxshi ko'rishni o'rganishni istasang, avval kechirishni o'rganishing va o'tmish ranjlari hamda qayg'ulardan xalos bo'lishing kerak.
* Muhabbat qo'rquvlardan, noto'g'ri fikrlardan, manmanlikdan va minnatdan xalos bo'lmoqni bildiradi.
* Bugun barcha qo'rquvlarimdan xalos bo'laman, o'tmish menga hukmronlik qilolmaydi, bugun yangi hayot boshlayman.